Zelenskiydan Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklashni so‘rashdi

Olam

image

Ukraina aholisi Prezident Vladimir Zelenskiydan Rossiya bilan havo qatnovini tiklashni so‘radi. Tegishli petitsiya davlat rahbarining veb-saytida paydo bo‘ldi. 

Petetsiya matnida ta’kidlanganidek, havo aloqalari bekor qilingani sababli, birinchi navbatda o‘z oilalarini ko‘ra olmayotgan ukrainaliklar azob chekmoqda.

25 iyul, payshanba kuni e’lon qilingan petetsiyaga ayni paytda 70 kishi imzo chekkan. Shu bilan birga, hujjat qabul qilinishi uchun uch oy davomida kamida 25 ming kishi imzo qo‘yishi kerak. Bundan tashqari, iyulning boshida, Ukraina Prezidentining veb-saytida petitsiya paydo bo‘lgani, uning muallifi Kiyevni temir yo‘l blokadasini Qrimdan olib tashlashni talab qilgani haqida xabar berilgan edi. 

Petetsiya muallifining ta’kidlashicha, Qrimda Ukrainadan kelayotganlar oqimi juda katta, shuning uchun qarindosh va do‘stlarinikiga borishi kerak bo‘lganlar ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelyapti. Qrimliklar esa allaqachon poyezdlarda kelgan ukrainalik sayyohlarni qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muntazam parvozlar Kiyev tashabbusi bilan 2015 yilning oktyabrida to‘xtatilgan edi. Bundan tashqari, 2019 yil 3 aprelidan Ukraina Rossiya bilan muntazam ravishda parvoz aloqasini to‘xtatdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Zelenskiy Aviaqatnov

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing