Zelenskiy Yermakning uch o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi

Olam

image
Ukraina hukumatida yana “tozalash” north_east

Ukraina hukumatida yana “tozalash”

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Prezident devoni rahbari Andrey Yermakning uch o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi. Tegishli farmonlar imzolanib, davlat rahbarining saytida e’lon qilindi. 

Zelenskiy tomonidan tasdiqlangan farmonlarga asosan quyidagilar ishdan bo‘shatildi:

  • Prezident devoni boshlig‘ining o‘rinbosari Yuliya Sokolovskaya;
  • Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Aleksey Kuleba;
  • Prezident devoni rahbari o‘rinbosari Nikolay Tochitskiy.

Qayd etish joizki, ulardan ikki nafarining ishdan bo‘shatilishi sababi aniq. Kecha, 5 sentyabr kuni Rada Aleksey Kulebani Bosh vazirning qayta qurish bo‘yicha o‘rinbosari – Ukraina jamoalari va hududlarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlashni qo‘llab-quvvatladi.

Ayni paytda, Tochitskiy, parlament qaroriga ko‘ra, Madaniyat va strategik kommunikatsiyalar vaziri bo‘ladi. Shu bilan birga, Sokolovskaya yangi lavozimga ega bo‘lmadi. 4 sentyabr kuni RBK-Ukraina manbalariga tayanib, Reintegratsiya vazirligi rahbari lavozimidan bo‘shatilgan Irina Vereshuk Sokolovskaya o‘rniga Prezident devoni rahbari o‘rinbosari bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.

Vereshukning o‘zi ham Telegram-kanalida Prezident devoni lavozimiga ega bo‘lishini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Vladimir Zelenskiy Ukraina Prezidenti devonxonasi rahbari o‘rinbosari Rostislav Shurmani ishdan bo‘shatgani ma’lum bo‘lgan edi. Uning o‘rnini Rada Strategik sanoat vaziri lavozimidan ozod qilgan Aleksandr Kamishin egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Yuliya Sokolovskaya Aleksey Kuleba Nikolay Tochitskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made