Zelenskiy YeI-CELAC sammitiga taklif qilinmaydigan bo‘ldi – OAV 

Olam

image

Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni joriy yilning 17-18 iyul kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi – Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyati (CELAC) sammitiga taklif qilmaslik yaxshiroq degan xulosaga keldi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Ispaniyaning “La Vanguardia” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, Ukraina rahbari sakkiz yil ichida birinchi marta bo‘layotgan mazkur oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat berilishini so‘ragan. 

Diplomatik manbalarga ko‘ra, Zelenskiy sammitda qatnashmasada, Yevropa Ittifoqi hamda Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari yetakchilari Ukraina mavzusini muhokama qiladi. 

Bildirilishicha, uchrashuv Bryusselga CELAC vakillarining Ukraina inqirozini hal qilish yo‘llari haqidagi fikrini tinglash imkoniyatini beradi. Biroq allaqachon tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Sammitga tayyorgarlik jarayonida YeI yakuniy bayonotga Ukrainadagi urushni qoralash haqida punkt qo‘shmoqchi bo‘lgan. Biroq Lotin Amerikasi davlatlari bunga qarshi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniya hukumati rahbari Pedro Sanches hamkorlari bilan maslahatlashmagan holda Zelenskiyni Yevropa Ittifoqi-CELAC sammitida qatnashishga taklif qilgandi. 6 iyul kuni esa Bryusseldagi Euractiv portali diplomatik manbalarga tayanib, Lotin Amerikasi va Karib havzasining 33 davlati yetakchilari Yevropa Ittifoqini Ukraina Prezidentining sammitdagi ishtirokini bekor qilishga majbur qilgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Zelenskiy CELAC Lotin Amerikas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing