Zelenskiy va Baydenni tanqid qilgan bloger qamoqda vafot etdi

Olam

image

Amerikalik bloger Gonsalo Lira Ukrainadagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Taker Karlson X (sobiq Twitter)dagi akkauntida xabar berdi.

“Gonsalo Liraning otasi Zelenskiy va Bayden hukumatlarini tanqid qilganlikda ayblanib, hibsda saqlanayotgan o‘g‘lining Ukraina qamoqxonasida 55 yoshida vafot etganini aytdi”, degan jurnalist.

Qo‘shma Shtatlar Xarkovdagi tergov hibsxonasida Amerika va Chili fuqaroligiga ega bo‘lgan bloger Gonsalo Lira o‘lganini tasdiqladi. O‘limning dastlabki sababi esa "pnevmoniya bo‘lgan". 2023 yil may oyida Ukraina xavfsizlik xizmati Lirani “Rossiya agressiyasini oqlash” va “ijtimoiy tarmoqlarda rusparast tezislarni tarqatish”da gumon qilib hibsga olgandi. U garov evaziga qo‘yib yuborilgan, ammo keyin Ukrainani tark etishga uringani uchun qayta hibsga olingan. Gonsalo Liraning qamalishi Ilon Mask tomonidan ham qoralangandi. Biroq Ukraina rasmiylari hali blogerning o‘limiga izoh bermadi.

“Biz Ukrainada Amerika fuqarosining o‘limini tasdiqlashimiz mumkin”, degan departament xodimlaridan biri jurnalistlarga bergan bayonotida.

Davlat departamenti Bayden tanqidchisining o‘limi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi va buni marhumning oilasi manfaatlarini hurmat qilish zarurligi bilan izohladi.

Shuningdek, Lira o‘limidan avval oilasiga ham xat yozishga ulgurgan.

“Menda ikki tomonlama pnevmoniya bor, pnevmotoraks va to‘liq tana shishishi meni bezovta qilyapti. Bularning barchasi oktyabr oyi o‘rtalarida boshlangan, biroq qamoqxona ma’muriyati bunga e’tibor qilmayapti”, deb yozgan Lira.

Marhumning xatida boshqa mahbuslar uni qattiq haqorat qilishgani hamda jinoyatchilar uning qovurg‘asini sindirishgani sabab 30 soat uxlay olmaganini ham aytgan.

Bloger Chili va Amerika fuqarosi bo‘lishiga qaramay, unga faqat Chili elchixonasi yordam bergan. Elchixona xodimlari Liraning sog‘lig‘ini tekshirishni talab qilgan. Amerika elchixonasi xodimlari unga uch marta qo‘ng‘iroq qilishganini aytgan Lira bularni “shunchaki quruq so‘zlar edi”, deb izohlagan.

Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, tergov izolyatori xodimlari uning pnevmoniya bilan kasallanganini faqat 22 dekabrdagi sud majlisida tan olishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning noyabr oyida Moskvaning Lefortovo sudi josuslikda ayblanayotgan “The Wall Street Journal” gazetasi Moskva byurosi muxbiri Evan Gershkovichni hibsda qolish muddatini uzaytirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

bloger qamoq Xar'kov Gonsalo Lira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing