Zelenskiy urushda qancha askari o‘lganini aytdi

Olam

image

Rossiya bilan mojaroda Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 55 ming kishidan oshdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “France 2” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Ukrainada rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jang maydonida 55 ming harbiy halok bo‘lgan, ular orasida professional harbiylar ham, safarbar qilinganlar ham bor. Bu raqamga Ukraina “yo‘qolgan” deb hisoblagan katta sonli odamlar ham qo‘shilishi kerak”, degan Zelenskiy. 

Bir yil oldin, 2025 yil fevral oyida, Zelenskiy halok bo‘lganlar sonini 46 ming deb bildirgan edi.

U shuningdek, jangovar harakatlarni yakunlash Ukraina uchun eng muhim ustuvor vazifa ekanini aytgan va faol diplomatik harakatlar hamda muzokaralar orqali tinchlikni bir yil ichida ta’minlash mumkinligiga umid bildirgan. 

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, hatto hozirgi pozitsiyalarda front chizig‘ini “muzlatish” ham Ukraina tomonidan katta imtiyoz bo‘lardi, ammo u davlat mustaqilligini saqlash maqsadida muloqotga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 fevral kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida Ukraina, AQSH va Rossiya o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning birinchi kuni yakunlangandi. Muzokaralar 4 soatdan ortiq davom etgan. Hozircha uchrashuv natijalari bo‘yicha rasmiy bayonot berilmagan. 

Bu Abu-Dabida o‘tkazilayotgan uch tomonlama muzokaralarning ikkinchisi hisoblanadi. Birinchi uchrashuv 23–24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan. Ikkinchi bosqich dastlab 1 fevralga rejalashtirilgan edi, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra kechiktirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing