Zelenskiy urush boshlanganidan beri ilk bor NATO qarorgohiga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Bryusselga keldi. U mamlakatda urush boshlanganidan beri birinchi marta NATO shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi. Bu haqda AFP xabar berdi.

“NATO Bosh kotibi Vladimir Zelenskiyni alyans shtab-kvartirasida qabul qildi”, deb yozgan matbuot kotibi Dilan Uayt X ijtimoiy tarmog‘ida.

Bildirilishicha, bugun, 11 oktyabr kuni Stoltenberg va Zelenskiy matbuotga qo‘shma bayonot berishi kutilmoqda.

Shuningdek, yaqin soatlarda Bryusselda alyans Mudofaa vazirlarining yig‘ilishi ochiladi. Uning doirasida Ukrainaga qurol yetkazib berish bo‘yicha aloqa guruhining uchrashuvlari, shuningdek, Ukraina-NATO kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Keyin Ukraina Prezidenti tushlik paytida Belgiya Bosh vaziri Aleksandr De Kro, Mudofaa vaziri Lyudivine Dedonder va Tashqi ishlar vaziri Xaja Labib bilan uchrashadi. Ular Ukrainaga gumanitar va harbiy yordamni moliyalashtirish uchun muzlatilgan Rossiya mablag‘laridan soliq undirish, Rossiya olmoslari savdosining oldini olish uchun “Belgiya usuli” va F-16 samolyotlarini Kiyevga topshirish kabi bir qancha mavzularni muhokama qiladi.

Belgiya hukumati Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qilishi kutilmoqda va u bir nechta F-16 qiruvchi samolyotlarini o‘z ichiga olishi mumkin.

NATOning uchta yevropalik a’zosi (Niderlandiya, Norvegiya va Daniya) oltmishta samolyotni va’da qilgan. Biroq Ukraina frontda kurashish uchun yanada ko‘proq samolyotlarga muhtojligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 10 oktyabr kuni Zelenskiy Ruminiyaga borgan. Safardan so‘ng u Moldova va Ruminiya orqali g‘alla yo‘lagi ishga tushirilganini e’lon qildi, biroq uning ochilish muddatiga aniqlik kiritmadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Vladimir Zelenskiy Bryussel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing