Zelenskiy Ukrainaning hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondonini o‘zgartirdi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmonlarida aytilgan, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.

336/2022-sonli farmon bilan Yuriy Galushkin Ukraina Qurolli Kuchlari hududiy mudofaa kuchlari qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgan. Ushbu lavozimga u joriy yilning 1 yanvarida tayinlangan edi.

337/2022-sonli farmon bilan bu lavozimga general-mayor Igor Tansyura tayinlandi.

Igor Tansyura bungacha Ukraina Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, avvalroq esa Bosh shtab boshlig‘i bo‘lgan. 2013 yilda u Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlarining 169-o‘quv markazining boshlig‘i bo‘lgan.

Igor Tansyura 2013 yilda general-mayor unvonini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing