Zelenskiy Ukrainani AQSH va G‘arb davlatlariga bo‘lib bermoqchi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatni tiklash uchun 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ kerakligini aytdi va Kiyev bu jarayonga G‘arb davlatlarini jalb qilib, viloyat va shaharlarni ularning homiyligiga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 

“Hozir biz o‘nlab hamkor davlatlarni Ukrainani tiklashga jalb qilmoqdamiz. Ishlarning umumiy hajmi bir trillion dollardan oshadi”, deydi u kecha, 29 noyabr kuni Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi Bosh assambleyasiga “Expo-2030” ko‘rgazmasini Odessada o‘tkazishni taklif qilgan videomurojaatida.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, patronaj tizimi mamlakatlar va kompaniyalarga ma’lum bir hudud, shahar, sektor yoki korxonani tiklash bilan shug‘ullanish imkonini beradi.  

“Biz allaqachon Fransiya va Buyuk Britaniya, Gollandiya va Germaniya, Daniya va Finlyandiya, Italiya va Turkiya, Polsha va Portugaliya, Chexiya va Sloveniya, Latviya va Estoniya, Shveysariya va Slovakiya, Avstriya va Gretsiya, Kanada va AQSH, Yaponiya va Avstraliya, shuningdek boshqa mamlakatlarning homiylikka qiziqishini ko‘rmoqdamiz”, dedi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

1190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing