Zelenskiy ukrainalik asirlarning boshini uzgan rus harbiylarini “hayvonlar” deb atadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda ukrainalik harbiy asirlarning boshi Rossiya askarlari tomonidan uzib olinayotgani tasvirlangan videolar bo‘yicha munosabat bildirib, bu ishni amalga oshirganlarni “hayvonlar” deb atadi. Bu haqda CNN xabar berdi

Unga ko‘ra, ushbu holat tasvirlangan videolar alohida paytlarda olingan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan birinchi video shu yilning 8 aprel kuni tarqalgan bo‘lib, u “Vagner” guruhining rossiyalik yollanma askari tomonidan suratga olingan. Unda buzilgan harbiy mashina yonida yerda yotgan ikki ukrainalik askarning boshi kesilgan jasadlari aks etgan. Ushbu video Baxmut yaqinida olingani taxmin qilinmoqda. 

Twitter'da e’lon qilingan ikkinchi lavha yoz oylaridan birida olingan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Unda rossiyalik jangchi pichoq bilan ukrainalik askarning boshini kesib tashlaganini ko‘rish mumkin. Videoning boshidagi ovoz hujum boshlanganda qurbon hali tirik bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini anglatadi. 

Zelenskiy ushbu vahshiylik ortida turganlar javobgarlikka tortilishini va’da qildi. 

“Dunyoda hech kim inkor qilmaydigan narsa bor: bu hayvonlar odamlarni qanchalik oson o‘ldiradi?! Biz hech narsani unutmaymiz. Biz ham qotillarni kechirmaymiz. Har bir narsa uchun qonuniy javobgarlik bo‘ladi. Terrorni yengish zarur”, deydi u videomurojaatida. 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa birinchi navbatda tasvirlarning haqiqiyligi tekshirilishini ma’lum qilgan. 

“Albatta, bu dahshatli kadrlar. Keyin bu haqiqatmi yoki yo‘qmi, bu sodir bo‘lganmi va shunday bo‘lsa, qayerda va qaysi tomondanligini tekshirish kerak”, deydi Peskov. 

Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Dariya Zarivna esa harbiy asirlarning boshi kesilishi Ukraina askarlarini qo‘rqitishga qaratilgan psixologik operatsiya ekanini ta’kidlagan. 

“Bu terroristik mamlakatning mohiyatini butunlay noinsoniylashtiradi va namoyish etadi. Ammo maqsadni tushunish muhim. Bu qo‘rqitishga qaratilgan psixologik operatsiya. Maqsadli auditoriya nafaqat Ukraina, balki G‘arb jamiyatlaridir. Ammo bu bizga o‘tmaydi. Ruslar bundan qo‘rqishadi, lekin biz emas", deydi Zrivna. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ukrainaning Bucha shahri Rossiya qo‘shinlaridan ozod qilinganidan so‘ng shahar ko‘chalarida tinch aholining jasadlari tashlab ketilgandi. Ushbu holat dunyo hamjamiyati tomonidan keskin tanqid qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Rossiya askarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing