Zelenskiy Ukrainaga qurol yetkazib berishga to‘sqinlik qilgan Germaniyadan o‘pkaladi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya NATO orqali Kiyevga qurol yetkazib berishga to‘sqinlik qilganidan noroziligini bildirdi. Bu haqda u Italiyaning “La Repubblica” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

“Biz har qanday ssenariyga tayyormiz. Buni, afsuski, Yevropaning barcha davlatlari haqida aytib bo‘lmaydi. Masalan, yaqinda Germaniya NATO orqali qurol yetkazib berilishiga to‘sqinlik qildi”, degan Zelenskiy. 

U Kiyev bunday qurollarni sotib olishga haqli ekanligiga ishonch bildirgan. 

“Urushning sakkizinchi yilida bizning ularda haqqimiz yo‘qmi? Ko‘rinib turibdiki, biz haqmiz. Ammo ba’zi poytaxtlarda qo‘rquv hukmronlik qilishda davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Berlinning rad etishi 

Joriy yilning 11 dekabr kuni Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Ukrainaning “Zerkalo Nedeli” nashriga bergan intervyusida Germaniya hatto yangi hukumat davrida ham Kiyevga qurol sotish niyatida emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berlinning asosiy norasmiy argumenti shundan iboratki, qurol-yarog‘ yetkazib berish “Donbassdagi to‘qnashuv chizig‘ida yanada keskinlashuvni keltirib chiqarishi mumkin”. Diplomat Berlinning bu qarorini “Ikkinchi jahon urushidan keyin nemis jamiyati DNKsining bir qismi bo‘lgan buzuq pasifizm” bilan bog‘ladi. 

Shuningdek, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Germaniya hukumatining Kiyevga qurol yetkazib berishdan bosh tortishini siyosiy deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Zelenskiy

Baholaganlar

245

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing