Zelenskiy Ukrainadagi urushni tugatish shartlarini aytdi

Olam

image

Rasmiy Kiyev jahon hamjamiyatini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish uchun aniq choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy Balidagi G20 sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi. 

“Ishonchim komilki, Rossiyaning buzg‘unchi urushi to‘xtatilishi kerak va to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan vaqt keldi”, deydi Ukraina davlati rahbari. 

Davlat rahbari urushni tugatishning majburiy shartlarini aytdi. Shu munosabat bilan u Kiyevning takliflarini sanab o‘tdi: radiatsiya va yadro xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi, energiya xavfsizligi, barcha mahbuslarni va deportatsiya qilinganlarni ozod qilish, BMT Nizomini amalga oshirish va Ukrainaning hududiy yaxlitligini va dunyo tartibini tiklash, rus qo‘shinlarini olib chiqib ketish va harbiy harakatlarni to‘xtatish, ekotsidga qarshi kurashish, eskalatsiyaning oldini olish, urushning tugashini belgilash. 

Unga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini tasdiqlashi, o‘z qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqib ketishi, shuningdek, urushdan yetkazilgan zararni qoplashi kerak. 

Shuningdek, u urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasining asosiy elementlarini mustahkamlash va Rossiyaning yangi tajovuzkorligini oldini olish maqsadida xalqaro konferensiya tashkil etishga chaqirdi.  

Uning qayd etishicha, urushga qarshi barcha choralar joriy etilganda tomonlar urush tugashi haqidagi hujjatni imzolashi kerak. 

“Biz Rossiyani kutishiga, o‘z kuchlarini to‘plashiga, keyin esa terror va global beqarorlikning yangi seriyasini boshlashiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.

Shuningdek, u, Rossiya kelishuvga erishgach, atayin buzadigan "Minsk-3" shartnomasi haqida gap ham bo‘lishi mumkinmasligini alohida urg‘uladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy G20

Baholaganlar

649

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing