Zelenskiy Ukrainada ikkita yangi aeroport qurdirmoqchi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassda, Lugansk va Donetsk viloyatlari o‘rtasida yangi aeroport qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda "Strana.ua" xabar bermoqda. 

Ukraina rahbari bu haqda bugun, 22 fevral kuni "Ukraina 30. Infratuzilma" forumidagi nutqi davomida aytib o‘tgan. 

"Lugansk va Donetsk viloyatlari o‘rtasida bir nuqta topiladi va joriy yil biz ushbu ikki viloyat uchun yangi jiddiy aeroportni loyihalashni boshlaymiz", degan Zelenskiy. 

Uning ta’kidlashicha, ushbu aeroport fuqaro aviatsiyasi ehtiyojlari uchun ishlatiladi. 

Shuningdek, davlat rahbari Zakarpate viloyatida yana bir aeroport qurilishini qo‘shimcha qilgan, unga ko‘ra, mavjud "Ujgorod" aeroportida bir necha strategik muammolar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport Zelenskiy

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing