Zelenskiy Ukraina va Polsha orasidan “ola mushuk o‘tgani”ga izoh berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha bilan diplomatik mojaro haqida tushuntirish berdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozgan. 

“Biz hech qanday siyosiy lahzalar Ukraina va Polsha xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni buzishiga yo‘l qo‘ymaymiz va his-tuyg‘ular albatta sovishi kerak. Xalqlarimizning erkinligi va farovonligi, Yevropamizning qadriyatlari va umumiy dushman ustidan qozonilgan g‘alaba hamma narsadan ustundir”, deydi Prezident.

Zelenskiy Ukraina Polshaning tarixiy yordamini qadrlashi aytilgan.

“Ukraina o‘z erkinligi va butun Yevropa erkinligi uchun kurashmoqda va biz yordam bergan har bir xalqdan minnatdormiz. Biz bilan birga Yevropaning haqiqiy qalqoniga aylangan Polshaning tarixiy yordamini yuksak qadrlaymiz”, deb yozgan u.

Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, hozir siyosat ba’zan birlikdan, his-tuyg‘ular esa xalqlarning asosiy manfaatlaridan ustunligini anglatuvchi signallar paydo bo‘lyapti.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Polsha o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgandi. Gap shundaki, 31 iyul kuni Polsha Respublikasi Prezidenti devonining xalqaro siyosat bo‘limi boshlig‘i Marchin Pshidach matbuotga bergan intervyusida Kiyev Varshavadan katta yordam olgani, Ukraina so‘nggi paytlarda Polsha o‘ynagan rolini qadrlashi kerakligini aytgandi.

O‘sha kuni kechqurun Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga Pshidachning mazkur bayonotini asossiz va “xiyonatga teng” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing