Zelenskiy Ukraina xavfsizligiga kafil bo‘la oladigan yana ikki davlatni aytdi

Olam

image

Hindiston va Xitoy Ukraina xavfsizligi kafillari ro‘yxatiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ta’kidladi.

“Biz hozir xavfsizlik kafillariga qiziqyapmiz. Xitoyga xavfsizlik kafilligiga aylanishni taklif qilamiz. Turkiyani ham taklif qilamiz. Hindiston xavfsizlik kafillari ro‘yxatiga qo‘shilishni istasa, albatta, Hindistonni taklif qilishdan xursand bo‘lamiz. Hindiston dunyodagi juda qudratli davlatdir”, degan u Hindiston telekanaliga bergan intervyusida.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan istalgan vaqtda uchrashishga va u bilan istalgan mavzuni muhokama qilishga tayyorligini yana bir bor takrorlagan.

“Men hozir Putin bilan yakkama-yakka uchrashuvga tayyorman, istalgan vaqtda uchrashishga tayyorman. Har qanday mavzuni muhokama qilishga tayyorman, lekin Rossiya Prezidenti bilan”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy Ukraina xavfsizlik masalalari bo‘yicha uning kafilligiga rozi bo‘lgan davlatlar bilan uchrashuv o‘tkazgandan so‘ng Rossiya bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qilishga tayyorligini aytgandi. Zelenskiy bu davlatlarga AQSH, Buyuk Britaniya, Turkiya, Polsha, Germaniya, Fransiya va Isroilni kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing