Zelenskiy Ukraina qabul qilgan ilk F-16 qiruvchilarini ko‘rsatdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2023 yil boshidan beri intiqlik bilan kutilgan Amerikaning birinchi F-16 qiruvchi samolyotlari nihoyat qabul qilinganini rasman e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

"F-16 Ukrainada. Biz hamma narsani hal qildik. Men bu samolyotlarni o‘zlashtirgan va ularni davlatimiz uchun ishlatishni boshlagan barcha yigitlarimiz bilan faxrlanaman. Bu natija uchun jamoamizga minnatdorchilik bildiraman. Men F-16 bilan chinakam yordam berayotgan barcha hamkorlarga va bizning samolyot so‘rovimizni qabul qilgan birinchi davlatlarga - Daniya, Niderlandiya, AQSHga va barcha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiraman”, deb yozdi Zelenskiy.

Zelenskiy Ukrainaga aniq qancha qiruvchi kelganiga aniqlik kiritmadi va boshqa tafsilotlarni keltirmadi. Ammo Britaniyaning “Economist”  gazetasining xabar berishicha, Ukraina rejalashtirilgan 79 ta F-16 qiruvchi samolyotidan 10 tasini iyul oyining oxirgi kunida, Bayden ma’muriyati yevropalik ittifoqchilarga ruxsat berganidan bir yil o‘tib olgan. Joriy yil oxirigacha Ukraina o‘z arsenalida Amerikada ishlab chiqarilgan 20 ta qiruvchi samolyotga ega bo‘lishini kutishi mumkin.

Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi "F-16 koalitsiyasi" tomonidan va’da qilingan qolgan samolyotlar 2025 yil davomida partiyalarda yetkazib beriladi. Jurnalga intervyu bergan ekspertlarning fikricha, Ukrainaga zarur bo‘lgan qiruvchilarni olishning bunday uzoq kechikishi birinchi navbatda “ma’muriyatning siyosiy qarori” bilan izohlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing