Zelenskiy Ukraina bo‘yicha konferensiyada qatnashish uchun Germaniyaga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 10 iyun kuni kechqurun Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok yetish uchun Germaniyaga bordi. Bu haqda uning o‘zi Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Konferensiyada Zelenskiyning Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, kansler Olaf Shols va Bundestag raisi Barbel Bas bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Berlindagi Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiyada Germaniya va Yevropa Ittifoqi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Ukrainadagi loyihasi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini ma’lum qilgan.  Umuman olganda, loyiha yana 30 million yevro olishi belgilandi, bu esa uning moliyalashtirilishini 75 million yevrogacha oshiradi. 

Ma’lumot uchun, Ukrainani tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiya 11-12 iyun kunlari Berlinda  bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, konferensiyaga 2000 ga yaqin ishtirokchi – siyosat, biznes va xalqaro tashkilotlar vakillari kelishi kutilmoqda. 

Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning konferensiyadagi kansler Shols bilan muzokaralari mavzulari Rossiya Federatsiyasi tomonidan davom yetayotgan hujumlarda Ukrainaga favqulodda yordam ko‘rsatish, Ukrainani mudofaadan keyingi qo‘llab-quvvatlash, Ukraina havo mudofaa tizimini rivojlantirish, shuningdek, birgalikda qurol ishlab chiqarish bo‘ladi. 

“Biz pozitsiyalarni tinchlik sammiti, Yevropa kengashi sammiti va NATO sammiti arafasida muvofiqlashtiramiz”, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Bugun, 11 iyun kuni Vladimir Zelenskiy Bundestagda ham nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, u o‘z nutqida Kiyevning 15-16 iyun kunlari Shveysariyada Rossiya ishtirokisiz bo‘lib o‘tadigan tinchlik sammitidan nimalarni umid qilayotganini bayon qiladi.

Ukraina bilan birdamlik belgisi sifatida 10 iyun oqshomida 147 metrli Berlin radio minorasi Ukraina bayrog‘i ranglarida yoritilgan. 11 va 12 iyun kunlari kunlarida bu yoritish davom yetadi. Aleksanderplatsdagi Berlin teleminorasi ham 11 va 12 iyun oqshomlarida ko‘k va sariq ranglarda yoritilishi ko‘zda tutilgan.

Shahnoza Halilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing