Zelenskiy Ukrain xalqi o‘tgan olti oyda davlatlarning asl yuzini ko‘rganini aytdi

Olam

image

Olti oy oldin Rossiya bizga urush e’lon qildi. O‘sha olti oy ichida biz tarixni o‘zgartirdik, dunyoni o‘zgartirdik va o‘zimizni o‘zgartirdik. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning 24 avgust – Ukraina mustaqilligi kuni munosabati bilan mamlakat xalqiga yo‘llagan otashin tabrigida so‘z boradi. 

“Olti oy oldin Rossiya bizga urush e’lon qildi. 24 fevral kuni butun Ukraina portlash va otishma ovozlarini eshitdi. 24 avgust esa “Mustaqillik bayrami muborak” degan so‘zlarni eshitmasligimiz kerak edi. 24 fevral kuni bizga “sizda hech qanday imkoniyat yo‘q”, deb aytishgandi. 24 avgust kuni biz aytamizki, Mustaqillik kuni bilan, Ukraina!”, deydi Zelenskiy. 

Prezidentning urg‘ulashicha, o‘tgan olti oy ko‘p narsani anglatgan, endi Ukrain xalqi kim do‘st, kim birodar, kim shunchaki tanish emasligini yaxshi biladi, taniydi. 

“Olti oy ichida biz tarixni o‘zgartirdik, dunyoni o‘zgartirdik va o‘zimizni o‘zgartirdik. Endi biz kim haqiqatan ham bizning birodarimiz va do‘stimiz ekanligini va kim oddiy tanish emasligini aniq bilamiz. Kim o‘z nomini va obro‘sini yo‘qotmadi va kim terrorchilar yuzini saqlab qolishi uchun xavotirda edi. Bizga kimga kerakmasligimiz va biz uchun qaysi eshiklar ochiqligini bildik. Biz kimning kimligini ko‘rdik. Va butun dunyo ukrainaliklar kimligini bilib oldi. Endi biz haqimizda hech kim “bu Rossiya yaqinidagi davlat”, demaydi. 

Biz o‘zimizni hurmat qila boshladik. Har qanday yordam va qo‘llovga qaramay, mustaqilligimizni bizdan boshqa hech kim kemirmasligini angladik. Va biz birlashdik”, deydi Prezident. 

Uning qayd etishicha, Ukraina xalqi va uning jasorati butun dunyoni ilhomlantirgan. Baribir g‘alaba qozonadigan kuch emas, balki haqiqat. Pul emas, balki qadriyat. Neft emas, balki odamlar.

“Kecha dunyo birlashmagan edi. COVID-19 aniq ko‘rsatdi: har bir inson o‘zi uchun. Olti oy o‘tgach, Ukraina buni o‘zgartirdi. Barcha jahon tarixi darsliklarida "Dunyoni Ukraina birlashtirgan vaqtlar" bo‘limi bo‘ladi”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing