Zelenskiy to‘siqlar olib tashlanganini aytdi
Olam
−
23 Oktabr 2019
4720Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvda Ukraina "Norman To‘rtligi" ishini qayta boshlash uchun o‘z hissasini qo‘shganini va yaqin kelajakda uning rahbarlari uchrashuvi o‘tkazilishini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Prezident Zelenskiy 21-24 oktyabr kunlari Yaponiyada bo‘lib, Imperator Naruxitoni taxtga o‘tirish marosimida ishtirok etyapti. Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, Ukraina Prezidentining xorijiy davlatlar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan.
"Ukraina "Norman To‘rtligi" faoliyatini qayta tiklash uchun o‘z ishini tugatdi. Biz yaqin kelajakda "Norman To‘rtligi" rahbarlarining uchrashuvini kutmoqdamiz, chunki barcha to‘siqlar olib tashlandi", dedi Zelenskiy.
Ta’kidlanganidek, tomonlar Donbasdagi vaziyatni muhokama qildi. "Donbasda tinchlikka erishish va qon to‘kilishiga barham berish men va mening jamoam uchun mutlaqo ustuvor masala. Sizdan chin dildan minnatdorman, siz Donbasda urushni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun harakat qilganingiz, Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash masalasiga doimiy e’tibor berganingiz uchun", dedi Zelenskiy Germaniya rahbariga.
Ma’lumot uchun, Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer o‘z mamlakatining Tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab yurgan kezlarida Donbas masalasida bir qator takliflarni ilgari surgan.
LiveBarchasi