Zelenskiy To‘qayevni tabrikladi va Ukrainaga yordam uchun rahmat aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qozog‘istonlik mavqedoshi Qosim-Jomart To‘qayevni navbatdan tashqari prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina rahbari Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi. 

“Men Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni muddatidan oldin saylovlardagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladim”, deb yozdi Zelenskiy. 

Davlat rahbari Ukraina-Qozog‘iston ikki tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini aytgan. 

Zelenskiy, shuningdek, To‘qayevga Qozog‘istondan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan. 

Qozog‘iston Respublikasining amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev prezidentlik saylovlarida 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi va 2029 yilgacha Prezident lavozimini egalladi. 

Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing