Zelenskiy Trampga javob qaytardi
Olam
−
19 fevral
24519Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga chaqirgan AQSH yetakchisi Donald Trampga javob qaytardi. Bu haqda u bugun, 19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Uning aytishicha, Tramp hozir Zelenskiyni almashtira olmaydi.
“Hozirda mening ishonch reytingim 57 foizni tashkil etadi. Shuning uchun agar kimdir meni hozir almashtirishni istasa, demak, hozir buni qilishning iloji yo‘q”, degan Zelenskiy.
Shuningdek, u Tramp Zelenskiyning ishonch reytingi 4 foizga baholangani haqidagi so‘zlarini Rossiyadan kelgan ma’lumotlarga asoslangan, deb aytgan.
“Biz 4 foiz haqidagi dezinformatsiyani ko‘rdik, bu Rossiyadan kelganini tushunamiz va bu raqamlar Amerika va Rossiya tomonidan muhokama qilinayotganiga oid dalillarimiz bor. Men faqat bu dezinformatsion makonda bo‘lgan Prezident Trampga hamdard bo‘lishim mumkin”, degan Zelenskiy.
Qolaversa, davlat rahbari urush Ukrainaga 320 mlrd dollarga tushganini ham aytib o‘tgan.
“Menimcha, biz yordamni aniqlab olishimiz kerak. Bizda mutlaq raqamlar bor. Urush bizga 320 mlrd dollarga tushdi. 120 mlrd – biz, Ukraina xalqi, 200 mlrd – AQSH va Yevropa Ittifoqi. Gap qurol haqida ketmoqda, bu 320 milliardlik qurol-yarog‘lar to‘plami. Hammasi bo‘lib, AQSH bizga alohida-alohida 67 mlrd dollar ajratdi”, degan davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 fevral kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Floridaning Mar-a-Lago shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukraina mojaroni avvalroq tugatish imkoniyatiga egaligi, biroq u Bayden ma’muriyati ko‘magida mojaroni davom ettirishni tanlagani haqida gapirgan edi. Trampning ta’kidlashicha, Bayden ham, Zelenskiy ham o‘zlarining zaif rahbarligi tufayli “hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak bo‘lgan urush”ga eshik ochgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar



