Zelenskiy Tramp bilan uchrashuv oldidan yevropaliklar bilan gaplashib oldi (video)
Olam
−
18 avgust 2025 3532 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 18 avgust kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan oldin Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasida Yevropa yetakchilari bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Zelenskiy bu uchrashuvdan maqsad uning mamlakati va butun Yevropa uchun “ishonchli va mustahkam tinchlik” ekanini aytdi. U AQSH, Yevropa va boshqalar Rossiya Prezidentiga bosim o‘tkazishi kerakligini va hech kim Vladimir Putindan ixtiyoriy ravishda agressiya va yangi bosib olish urinishlaridan voz kechishini kutmasligini aytdi.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, u va yevropalik ittifoqchilar Tramp bilan uchrashuv oldidan o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtirgan.
“Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Italiya rahbarlari, Yevropa komissiyasi va NATO Bosh kotibi bilan birgalikda Prezident Tramp bilan uchrashuv oldidan pozitsiyalarimizni muvofiqlashtirdik. Ukraina haqiqiy sulhga va yangi xavfsizlik arxitekturasini o‘rnatishga tayyor. Bizga tinchlik kerak”, dedi Zelenskiy.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28