Zelenskiy Tramp bilan gaplashish uchun Berlinga boradi

Olam

image
Putin va Tramp harbiy bazada uchrashadi north_east

Putin va Tramp harbiy bazada uchrashadi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 13 avgust kuni Yevropa yetakchilarining AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan videokonferensiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun Berlinga boradi. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanib, DPA agentligi xabar berdi.

Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Alyaskadagi uchrashuvi oldidan o‘tkazilayotgan suhbat tashabbuskori Germaniya kansleri Fridrix Mers bo‘lgan. Videokonferensiyada Zelenskiy, Tramp va Mersdan tashqari Buyuk Britaniya, Italiya, Polsha, Finlyandiya va Fransiya Prezidentlari va hukumat rahbarlari, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Yevropa Ittifoqi Kengashi prezidenti Antoniu Koshta, NATO Bosh kotibi Mark Ryutte va AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens ishtirok etadi.

“Ishtirokchilar Rossiyaga bosim o‘tkazishning keyingi variantlarini muhokama qilish niyatida. Bundan tashqari, mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rish va u bilan bog‘liq hududiy da’volar va xavfsizlik masalalari muhokama qilinadi”, deyiladi Germaniya hukumati xabarida.

“Bloomberg”ning yozishicha, videokonferensiya formatidagi muzokaralar Berlin vaqti bilan soat 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 18:00) boshlanadi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Alyaskadagi uchrashuvi 15 avgust kuni Elmendorf-Richardson harbiy bazasida bo‘lib o‘tadi. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt xabar berishicha, Tramp va Putin uchrashuvning kamida bir qismini yolg‘iz o‘zi, faqat tarjimonlar ishtirokida, maslahatchilar ishtirokisiz o‘tkazadi. Trampning o‘zi uchrashuvni “sinov” deb atadi.

Sammit e’lon qilingandan so‘ng Yevropa yetakchilari qo‘shma bayonot berib, “diplomatik yechim Ukraina va Yevropaning hayotiy xavfsizlik manfaatlarini himoya qilishi kerak”ligini ta’kidladi. Yevropa yetakchilari “Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lini Ukraina ishtirokisiz belgilab bo‘lmasligini” bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing