Zelenskiy Shoyguning iddaolariga javob qildi

Olam

image

Rasmiy Moskvaning Ukrainaning “iflos bomba” qo‘llashi haqidagi da’volari “Rossiya hamma narsani tayyorlab qo‘yganini” ko‘rsatadi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy RF Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ayblovlariga izoh berib, aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat bunga “imkon qadar qattiq javob berishi” kerak.

“Agar kimdir Yevropaning biz tomonida yadro qurolidan foydalanishi mumkin bo‘lsa, bu faqat bitta sub’ekt. Agar Rossiya go‘yoki Ukraina nimadir tayyorlayapti desa, bu bir narsani anglatadi: Rossiya bularning barchasini allaqachon tayyorlab qo‘ygan. O‘ylaymanki, endi dunyo imkon qadar keskin munosabatda bo‘lishi kerak”, deydi davlat rahbari vatandoshlarga yo‘llagan videomurojaatida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiyaning yadroviy qurol tahdidi” Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar va Ukrainani yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlash uchun asos bo‘ladi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Fransiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekorno, Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Buyuk Britaniya mudofaa idorasi rahbari Ben Uolles bilan telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingandi. Muzokaralar chog‘ida rossiyalik vazir Ukraina tomonidan “iflos bomba”dan foydalanishga tayyorlanayotganidan xavotir bildirgan.

Shoyguning da’volaridan keyin Fransiya, Britaniya va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlari bu yolg‘on ekani haqida bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing