Zelenskiy Rossiyada kim bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini aytdi
Olam
−
14 Oktabr 2022
41985Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyada tinchlikka erishishni xohlovchi odam bilan muzokara olib borishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Zelenskiy Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Tinchlikni topmoqchi bo‘lganlar bilan gaplashishga tayyormiz... Men prezidentlik muddatimning birinchi kunidanoq Putin bilan gaplashishga tayyor edim, maksimal darajada aloqaga chiqdim... Va har doim ular menga qandaydir ultimatumlarni taklif qilishdi, men gaplasha olmadim... Ular telefonda gaplashishni xohlamadilar, umuman...”, dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin ham Rossiya Prezidenti baribir gaplashishga tayyorligini aytganini eslatdi.
“Kim u o‘zi? U odamlarni o‘ldirdi, askarlari bolalarni zo‘rladi. U biz hamma narsani o‘ylab topganimizni aytyapti va parallel ravishda Kiyev markaziga 100 ta zarba berilyapti. Bu eng sof ko‘rinishidagi natsizm”, deydi Zelenskiy.
Uning fikricha, Rossiya armiyasi Ukrainanikidan kuchsizroq bo‘lgani uchun shunday harakat qilmoqda.
“Shuning uchun Putin qurolsiz, himoyasiz odamni o‘ldiryapti. Agar harbiylarining kuni bizning armiyamizga yetmaa, unda uning harbiylari tinch odamimizni o‘ldiryapti... Faqat u tushunmayapti – men yana uning noadekvat ekanligiga qaytaman – u aksincha, bizni birlashtirganini tushunmayapti”, deydi Prezident.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Putin yo Ukraina va Rossiya o‘rtasida hech qanday muloqot bo‘lishini xohlamaydi yoki Rossiyaning har bir raketa zarbasi bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati yo‘qolib ketishini haqiqatan ham tushunmayapti.
Ma’lumot uchun, 4 oktyabr kuni Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiyaning amaldagi rahbari bilan muzokara olib borish mumkin emasligi haqidagi qarorini ijroga yo‘naltirdi. Ushbu vaziyatni sharhlar ekan, Rossiya TIV rasmiy vakili Ukraina Prezidenti farmonni G‘arbning buyrug‘i bilan imzolaganini ta’kidladi va u bu qarorning o‘zini Zelenskiyning boshi berk ko‘chada deb atadi. O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralar uchun ikki tomon zarurligini, shuning uchun Rossiya Ukrainaning amaldagi yoki keyingi Prezidentining Moskva bilan muloqot bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishini kutishini aytdi.
LiveBarchasi