Zelenskiy Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga tayyor - CNN

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaat qilar ekan, ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qildi. Bu haqda SNN yozmoqda.

Zelenskiy Moskvaga joriy yilning noyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni taklif qildi. O‘tgan oy Shveysariyada bo‘lib o‘tgan avvalgi tinchlik konferensiyasiga Rossiya taklif qilinmadi, chunki Zelenskiy har qanday muzokaralar faqat Rossiya Ukrainadan chiqib ketganidan keyin bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

“Kiyev hozirda frontdagi qiyin vaziyat va Ukrainaning eng yaqin ittifoqchilari tomonidan bo‘ladigan kelajakdagi yordam borasidagi siyosiy noaniqlikka ikki barobar ko‘proq duch kelmoqda”, deya yozgan nashr.

Qayd etilishicha, Ukrainaning eng yaqin va muhim ittifoqchilari, xususan, AQSH va Germaniyaning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun mojaroga mablag‘ sarflashni davom ettirishga tayyorligi haqida shubhali savollar paydo bo‘lmoqda. Jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Zelenskiy Ukraina urushda g‘alaba qozonish uchun G‘arbdan yetarlicha yordam olmayotganini aytgan.

“Hammasi bizga bog‘liq emas. Biz urushning adolatli yakunlanishini bilamiz, lekin bu faqat bizga bog‘liq emas. Bu nafaqat xalqimiz va xohishimizga, balki moliya, qurol-yarog‘, siyosiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, NATO va albatta, jahondagi birlikka ham bog‘liq”, degan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy urushning eng og‘ir bosqichi yil oxirigacha tugashi mumkinligini aytgandi. Prezidentga ko‘ra, Kiyevning ittifoqchilari Moskvaga bosim o‘tkazsa, urush diplomatik yo‘l bilan muzokaralar stolida tugatilishi mumkin. Shuningdek, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgani xabar qilingandi. Muloqotda Tramp bu yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukraina mojarosini tezda hal etish niyatida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Donal'd Tramp Zelenskiy muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made