Zelenskiy Putinni ta’qib qilib, Indoneziyaga bormoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Indoneziyadagi “katta yigirmatalik” (G20) sammitida ishtirok etsa, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham yig‘ilishga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda “RBK-Ukraina” Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning BBC’ga bergan intervyusiga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Ukraina hududida bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi va onlayn formatlar unga har qanday sammitlarda samarali ishlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, Prezident devoni rahbari maslahatchisi agar Putin sammitga kelsa, Ukraina o‘z delegatsiyasining ham ishtiroki zarurligini ko‘rib chiqishi kerakligini ta’kidladi.

“Chunki Putinning istalgan joyda, har qanday sammitda ishtirok etishi bilvosita sammit tashkilotchilarining suveren davlatga hujum qilgan Rossiya pozitsiyasini qonuniylashtirishini anglatadi. Go‘yo siz hammaga shu tarzda xabar berayotgandeksiz: qarang, biz Rossiyaning ukrainalik bolalarni o‘ldirishiga haqli ekanligiga ishonamiz. Bunga shunday munosabatda bo‘lish kerak”, deydi Podolyak.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20sammitida ishtirok etish taklifini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham avvalroq sammitda ishtirok etish taklifini qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

431

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing