Zelenskiy Putinni Kiyevga taklif qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada  uchrashuv o‘tkazishning imkonsizligini aytib, uni Kiyevga taklif qildi. Prezidentning bu haqdagi so‘zlarini “Deutsche Welle” keltirdi.

Zelenskiy agar bunday muzokaralar urushni tezroq tugatishga yordam bersa, har qanday usuldagi uchrashuvga rozi ekanini aytgan. Shuningdek, u Rossiya yoki Belarus hududida uchrashuv o‘tkazish mumkin emasligini, chunki Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlagan davlat bo‘lsa, Belarus bu harakatlarga yordam berayotganini qo‘shimcha qilgan. 

“Bu xuddi Putinni Kiyevda kutib olishdek gap. Men uni Kiyevga taklif qilishim mumkin. Agar jur’at etsa, albatta kelsin”, degan Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda.

Shuningdek, Amerikalik rasmiylarning vositachiligi asosida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv Abu-Dabida muvaffaqiyatli yakunlansa, undan keyin Rossiya va Ukraina Prezidentlari sammiti Moskvada yoki Kiyevda o‘tkazilishi ehtimoli bor.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilning sentyabr oyida Putin Xitoyga tashrifi chog‘ida Zelenskiyni Moskvaga taklif qilgan edi. Rossiya Prezidenti bu tashabbus AQSH Prezidenti Donald Tramp iltimosiga binoan ilgari surilganini aytgan.

“Agar Zelenskiy Moskvaga kelishga tayyor bo‘lsa, uchrashuv bo‘ladi”, degan edi Putin.

O‘sha paytda Ukraina Prezidenti bu taklif Kreml aslida uchrashuvni istamayotganining belgisi bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Biroq, Rossiya tomonining muzokaralar haqida gapira boshlagani ijobiy alomat ekanini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH vositachiligida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 1 fevral kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

Sunnatova Farangiz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Zelenskiy Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing