Zelenskiy Putinga xayrixoh siyosatchi ushlanganini e’lon qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 12 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy uy qamog‘idan qochib ketgan siyosatchi Viktor Medvedchuk qo‘lga olinganini ma’lum qildi. U davlatga xiyonatda ayblangandi.

Zelenskiy urush boshlangach, noma’lum tomonga qochib, 48 kun davomida yashirinib yurgan Medvedchukning 12 aprel – Kosmonavtlar kunida Ukrainadan qochishga uringanini ramziy ma’noga ega deb aytgan.

“U 48 kun yashirindi. Va nihoyat mamlakatimizdan qochishga urinib ko‘rdi. Ammo bu “kosmonavt”ga mashhur “kettik” so‘zi ishlamadi.

O‘ylashimcha, u tomonidan harbiy forma kiyish judayam odobsizlik. U shu tariqa yashirinmoqchi edi. Mana shunday “askar”. Mana shunday “vatanparvar”, degan Zelenskiy.

U Medvedchuk o‘ziga harbiy kiyim-bosh tanlagan ekan, harbiy davr qonunlariga duchor bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, Rossiyaga uni ayirboshlashni taklif qilgan.

“Men Rossiya Federatsiyasiga bu yigitingizni Rossiya asirligida bo‘lgan o‘g‘il va qizlarimizga almashtirishni taklif qilaman. Shu bois huquq-tartibot idoralarimiz, harbiylarimiz ham bu imkoniyatni hisobga olishi muhim”, degan Ukraina Prezidenti.

Qayd etish kerakki, Ukraina parlamenti deputati, “Oppozitsionnaya platforma – Za jizn” partiyasi yetakchisi Viktor Medvedchuk kremlparast va Prezident Vladimir Putinga yaqin siyosatchi hisoblanadi. U ikki jinoiy ish bo‘yicha davlatga xiyonatda gumon qilinmoqda.

2021 yil 12 mayda deputatga ishg‘ol qilingan Qrimda milliy boyliklarni talon-toroj qilish, davlat sirlarini oshkor qilish va davlatga xiyonat qilish, urush qonunlari va odatlarini buzish va Ukrainaga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirish (Jinoyat kodeksining 111 va 438-moddalari) ayblovi qo‘yilgan.

O‘sha yilning oktyabr oyida Medvedchukga “ko‘mir ishi” nomini olgan (Jinoyat kodeksining 111-moddasi va 258-3-moddasi 1-qismi) ish bo‘yicha xiyonat va terrorizmga sheriklik ayblovi e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing