Zelenskiy Putinga hazil bilan javob qaytardi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “1+1” telekanalining “Hokimiyat huquqi” dasturida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning gaz haqidagi hazilomuz replikasiga javob qaytardi.

“Normand sammiti” yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya Prezidenti Ukraina hududidan gazni tranzit orqali Yevropaga yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzish imkoniyatlari haqida gapirib, Sergey Mixalkovning she’ridan parcha keltirgandi: “Bizda kvartirada gaz, sizdachi?..”

“Sizda ham bor va bo‘ladi. Agarda biz birgalikda adolatli ishlashga kelishsak, yanada arzonroq bo‘lishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Oradan uch kun o‘tib, Zelenskiy Putinning so‘zlariga Mixalkovning ushbu misrasini biroz o‘zgartirib, javob qaytardi.

“Bizda esa gaz quvuri va shu bilan muvozanat bor”, degan Zelenskiy.

Shu bilan birga, Ukraina Prezidenti rasmiy Moskva va Kiyev gaz tranziti bo‘yicha kelishuvga erishishiga ishonch bildirgan. Zelenskiy Ukraina shartnomani 10 yil muddatga tuzish niyatida qat’iy turishini ta’kidlagan. Rossiya bu borada bir yillik shartnoma bilan cheklanish niyatida.

“Fikrimcha, biz normal muddatga kelishamiz, muzokaralar davom etadi. Negadir tranzit bo‘yicha shartnoma tuzishimizga ishonamiz”, degan Zelenskiy. U shartnoma faqatgina iqtisodiy manfaatlar asosida bo‘lishi, siyosiy jihatlar inobatga olinmasligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

491

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing