Zelenskiy prezidentlikni qachon tark etishini aytdi
Olam
−
22 iyul
24141Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan kechayotgan urush o‘z nihoyasiga yetgach lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bo‘lib qolishi mumkinmi, deb so‘radi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bo‘lishi faqat Rossiya bilan urushdan keyin aniq bo‘lishini ta’kidladi.
Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, 2019 yilda saylangan Zelenskiyning vakolatlari u lavozimga kirishganidan besh yil o‘tgach tugashi kerak. Ammo urush holatida mamlakatda yangi davlat rahbari saylovi bo‘lmaydi. Rossiya bostirib kirishi munosabati bilan Ukrainada har qanday saylovlarni qonuniy ravishda taqiqlovchi harbiy holat joriy etildi.
Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tadqiqotlariga ko‘ra, 2024 yil fevral holatiga mamlakat fuqarolarining aksariyati, ya’ni 69 foizi Vladimir Zelenskiy harbiy holat tugaguncha Prezident sifatida qolishi kerak, deb hisoblagan.
SNN nashrining yozishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z xalqiga murojaatida ikki yildan ko‘proq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinchi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekaniga shama qilgan. Prezident Moskvaga joriy yilning noyabr oyida o‘tkazishga umid qilayotgan navbatdagi tinchlik sammitiga delegatsiya yuborishni ham taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazishi uchun butun dunyo unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytgandi. Shuningdek, Ukraina rahbari G‘arb davlatlari va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlari haligacha Ukrainaga yetib kelmaganidan noligandi.
LiveBarchasi