Zelenskiy Ozarbayjonda! Prezidentlar hududiy yaxlitlik masalasida “dardlashdi”
Olam
−
18 dekabr 2019
5927Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 17 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga bordi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev nomidan Prezident Zelenskiy va uning rafiqasi Yelana Zelenskaya sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkil etildi. Unda Ozarbayjon birinnchi vitse-prezidenti, birinchi xonim Mehribon Aliyeva ham ishtirok etgan.
“Bugun biz ikki tomonlama aloqalarni ko‘rib chiqdik. Mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, energetika, transport, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ishonchim komilki, tashrifingiz davomida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlar o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, deydi Prezident Aliyev.
Davlat rahbarlari “Ukraina mahsulotlari” markaziy kompleksi va Ozarbayjon-Ukraina ishbilarmon doiralarining biznes-forumining ochilish marosimida ishtirok etdi.
“Ozarbayjon mintaqada xavfsizlik va hamkorlik tarafdori. Ammo mintaqaning eng og‘riqli muammosi – Armaniston-Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ mojarosi haligacha hal qilinmayapti. Armaniston tomonidan olib borilgan harbiy tajovuz natijasida Ozarbayjon hududining 20 foizi – bizning tarixiy diyorimiz bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ va unga tutash bo‘lgan yettita mintaqa bosib olindi, ushbu hududlarda etnik tozalash siyosati olib borildi.
Mojaro munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan to‘rtta rezolyutsiyada Armaniston qurolli kuchlarining Ozarbayjonning bosib olingan hududlaridan to‘liq va so‘zsiz chiqarilishi talab etiladi. Xuddi shunday rezolyutsiyalar Qo‘shilmaslik harakati, YeXHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropa Parlamenti va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qabul qilindi. 2018 yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi va Ozarbayjon o‘rtasidagi sheriklik ustuvorliklari to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va chegaralarining daxlsizligini qo‘llab-quvvatladi”, deya so‘zlarida davom etgan Ilhom Aliyev..
Qabul marosimida Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham so‘z olib, Prezident Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirgan.
Avvalo, Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrif buyurish taklifi uchun chin qalbimdan minnatdorman.
Men ilgari bu yerda bo‘lganman, ammo bu Ozarbayjonga yangi maqomdagi birinchi tashrifim. Mamlakatingizga kelarkanman, uning go‘zalligi va betakror xilma-xilligi, eng muhimi, ozarbayjonlarning mehmondo‘stligi meni hayratga soldi.
Ukraina o‘z erkinligi va mustaqilligini himoya qilish zaruratiga duch kelmoqda. Biz davlatimizning tinchligi va hududiy yaxlitligini tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz. Afsuski, Ozarbayjon ham tahdidlarga duch keldi va o‘z hududiy yaxlitligini tiklashga intildi. Ammo, aminmanki, davlatlarimiz ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tadi. Uzoq kutilgan tinchlik ham Ukrainada, ham Ozarbayjon yerlarida g‘alaba qozonishiga ishonaman.
Bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralar Ukraina va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarga yangi turtki berish uchun mushtarak harakatlar va siyosiy iroda ekanligini tasdiqladi. Buning uchun bizda katta imkoniyatlar va ajoyib istiqbollar bor”, degan Zelenskiy.
LiveBarchasi