Zelenskiy Oq uydagi janjaldan 2 oy o‘tib Vens bilan uchrashdi

Olam

image
Rossiya va Ukraina Istanbulda nimalarga kelishib oldi? north_east

Rossiya va Ukraina Istanbulda nimalarga kelishib oldi?

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 18 may kuni Rimda AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens va Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida  yozdi.

Uchrashuvda tomonlar 15 may kuni Istanbuldagi muzokaralarni muhokama qildi va Zelenskiy Ukraina “haqiqiy diplomatiya”ga tayyor ekanini tasdiqladi va “eng tez to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga” chaqirdi.

“Shuningdek, biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar, o‘zaro savdo, mudofaa sohasidagi hamkorlik, jang maydonidagi vaziyat va kelajakda asirlar almashinuvi zaruriyatiga to‘xtaldik”, deb tushuntirdi davlat rahbari.

Prezident, shuningdek, Rossiya “urushni to‘xtatishga tayyor bo‘lmaguncha” unga bosim o‘tkazishda davom etish zarurligini ta’kidladi.

“Va, albatta, biz adolatli va barqaror tinchlikka erishish yo‘lidagi qo‘shma qadamlarimizni muhokama qildik. Amerika xalqiga sizning qo‘llab-quvvatlaganingiz va hayotni saqlab qolishdagi yetakchiligingiz uchun rahmat”, deya xulosa qildi Vladimir Zelenskiy.

AQSH vitse-prezidenti ham Zelenskiy bilan muzokaralardagi yangiliklarni muhokama qilganini bildirdi.

“Bugun tushdan keyin Davlat kotibi Rubio va men Prezident Zelenskiy bilan uchrashdim. Mamlakatlarimiz Ukrainadagi keraksiz qon to‘kilishiga barham berish maqsadini birlashtiradi va biz o‘t ochishni to‘xtatish va mustahkam tinchlik uchun davom etayotgan muzokaralar haqidagi yangiliklarni muhokama qildik”, deb yozdi Vens X'dagi sahifasida.

Qayd etish joiz, bu Zelenskiy va Vensning 28 fevral kungi Oq uydagi janjaldan keyingi birinchi uchrashuvi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan suratlardan bu gal ular ortiqcha janjal va shovqin-suronsiz suhbatlashganini anglash mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiy ham, Vens ham Vatikanda 267-chi Rim yepiskopi Leo XIV xizmatining rasmiy boshlanishi (taxtga o‘tirishi) munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda qatnashish uchun Rimga kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Vladimir Zelenskiy Jeyms Devid Vens Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing