Zelenskiy nima uchun Rossiya bilan sulh tuzmoqchi emas?
Olam
−
19 noyabr 2022
12637Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Yangi Shotlandiyada (Kanada provinsiyasi) Halifax xalqaro xavfsizlik forumining sammiti bo‘lib o‘tadi. Kecha,18 noyabrda ushbu forumda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning nutqi yozilgan video namoyish qilingan. Unda Ukraina yetakchisi Rossiya hozirda qisqa muddatli sulhga erishmoqchiligini aytgan. Biroq Zelenskiy buni qat’iyan rad etmoqda. Chunki bu Moskva kuchlarining qayta to‘planishi uchun imkoniyat beradi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
Ukraina Prezidentining so‘zlaridan ma’lumki, u jangni to‘xtatmoqchi emas, chunki tinchlik muzokaralari Ukrainaning foydasiga xizmat qilmaydi.
“Rossiya hozirda qayta tiklanib olish uchun qisqa muddatli sulh izlamoqda. Kimdir buni urushning tugashi deyishi mumkin. Biroq bu vaziyatni yanada yomonlashtiradi”, deydi u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, axloq qoidalariga zid kelishuvlar faqatgina yangi qon to‘kilishiga olib keladi. Haqiqiy tinchlik esa Rossiyaning agressiyasini butunlay yo‘q qilish orqali erishiladi.
Rossiya tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun Ukrainaga rasmiy taklif bilan chiqqani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq Zelenskiy anchadan buyon jangovar harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan har qanday urinish Ukrainaning emas, Rossiyaning foydasiga ishlashini gapirib keladi.
Zelenskiyning so‘zlariga isbot sifatida Ukraina Qurolli kuchlari harbiy harakatlarni jadallashtirdi. Natijada Rossiya o‘zining abadiy hududi deya e’lon qilgan Xersondan qo‘shinlarini olib chiqib ketdi.
Ukraina yetakchisining bu safargi gaplari mutlaqo boshqacha kontekstda, ya’ni Zelenskiyning nutqi Amerika Qo‘shma Shtatlari, xalqaro ekspertlar va dunyoning demokratik davlatlari Ukrainani muzokaralar stoliga chorlayotganida yangradi.
LiveBarchasi