Zelenskiy mobilizatsiyani yana 90 kunga uzaytirmoqchi
Olam
−
06 fevral
3651Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga mamlakatdagi safarbarlik va harbiy holatni 90 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini taqdim etdi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytidagi xabarda so‘z borgan.
Prezident deputatlarga 2024 yil 5 fevraldagi harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi farmonlarini qonun bilan tasdiqlashni taklif qilgan.
Hujjatlar qabul qilingan taqdirda, muddat 2024 yil 14 maygacha cho‘ziladi. Ukraina hukumati harbiy holat va umumiy safarbarlikni to‘qqiz marta uzaytirdi. Bu haqdagi qonun oxirgi marta 2023 yilning noyabrida qabul qilingan bo‘lib, u 14 fevralgacha amal qilishi belgilangandi.
Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlikka 2022 yil 24 fevraldan boshlab amal qilib kelinmoqda.
Ukrainada prezidentlik saylovlari 2024 yilning martiga belgilangan edi. Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, harbiy holat sharoitida saylov o‘tkazish taqiqlangan. Harbiy harakatlar davom etayotgan bir paytda Radadagi barcha fraksiyalarning rahbarlari va vakillari ham ularning o‘tkazilishiga qarshi chiqishdi.
Vladimir Zelenskiy 2019 yilning aprel oyida Ukraina Prezidenti etib saylandi. Uning besh yillik vakolati 2024 yil 20 mayda tugaydi.
LiveBarchasi