Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibini ishdan oldi
Olam
−
27 mart
6265Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda kecha, 26 mart kuni davlat rahbarining tegishli farmoni imzolandi.
Aleksey Danilov 2019 yil 3 oktyabrdan buyon Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimida ishlab kelayotgandi. Tahlilchilarning fikricha, kadrlar bo‘yicha qarorlar Danilov xitoylik diplomatni haqorat qilgani bilan bog‘liq voqeadan keyin qabul qilingan.
2024 yil yanvar oyida “Economist” jurnali Danilovning o‘rniga Ukraina Qurolli kuchlarining o‘sha paytdagi qo‘mondoni Valeriy Zalujniy tayinlanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Keyinchalik u ishdan bo‘shatildi, ammo Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi lavozimini egalladi.
Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimiga esa 2021 yildan beri Ukraina Tashqi razvedka xizmatini boshqarib kelayotgan 51 yoshli Aleksandr Litvinenko tayinlandi.
LiveBarchasi