Zelenskiy Lukashenkoning rafiqasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning rafiqasi Galinaga qarshi sanksiyalar joriy etish haqidagi qarorini kuchga kiritdi.

Ukraina davlati rahbari saytida e’lon qilingan hujjat matniga ko‘ra, Galina Lukashenkoga qarshi sanksiyalar 10 yil muddatga kiritilgan. Ularda 13 ta cheklovchi chorasi ko‘zda tutilgan, jumladan, aktivlarni blokirovka qilish va yer uchastkalari olishni taqiqlash.

Zelenskiy o‘z farmonlari bilan 2507 shaxs va 1374 kompaniyaga nisbatan sanksiya qo‘llagan. Sanksiyalar, jumladan, Belarus Davlat harbiy-sanoat qo‘mitasi, shuningdek, “Belspetsvneshtexnika” davlat tashqi savdo unitar korxonasi, “Mudofaa tashabbuslari” MCHJ va “OKB TSP” ilmiy-ishlab chiqarish MCHJga nisbatan qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing