Zelenskiy kutilmaganda Rossiya chegarasiga bordi (video)
Olam
−
04 aprel 2025 16869 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Chernigov va Rossiyaning Kursk viloyati bilan chegaradosh Sumi viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
Zelenskiy o‘z kanalida Sumi yozuvi – viloyatga kirishni bildiruvchi belgi fonida tasvirga olingan videoni joylashtirgan.
“Bugun ikki viloyatimiz – Chernigov va Sumi. Strategik yo‘nalish, Rossiya bilan chegaradosh hudud. Kursk viloyatida vazifalarni bajarayotgan, davlatimizni himoya qilayotgan, Sumini rossiyaliklarning bu yo‘nalishlar orqali Ukrainaga bostirib kirish istagidan doimiy ravishda himoya qilayotgan barcha askarlarimizga shaxsan minnatdorlik bildirmoqchiman”, deb yozdi Ukraina rahbari o‘z postida.
Keyinroq Zelenskiy harbiylar bilan uchrashgan va Rossiyaning Kursk viloyatidagi harakatlar bo‘yicha hisobotlarni tinglagan.
“Mudofaa chizig‘idagi harbiy harakatlar borasida, xususan, shimoliy koreyalik bo‘linmalar taktikasi haqida hisobotlarni tingladim. Askarlarimizga shaxsan minnatdorlik bildirish va ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlash sharafini his qildim”, deb yozdi Zelenskiy.
Shuningdek, u Kurskdagi operatsiyaning muvaffaqiyati ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolganini, Sumini hamda Xarkovni himoya qilganini ta’kidlagan.
“Butun Ukraina sizning jasoratingiz va matonatingiz uchun minnatdordir”, degan Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Parijda bo‘lib o‘tgan “ko‘ngillilar koalitsiyasi” sammiti chog‘ida Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Rossiya Sumi, Xarkov va Zaporoje viloyatlarida yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgan edi. Shuningdek, Zelenskiy Rossiya urushni davom ettirishni xohlashini ta’kidlagan va Yevropa yetakchilarini sanksiyalar bosimini pasaytirmaslikka chaqirgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025