Zelenskiy Kosovo Serbiyaga tegishli ekanini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Kosovo masalasidagi pozitsiyasi o‘zgarmaganini, mamlakat Serbiyaning hududiy suverenitetini hurmat qilishini bildirdi. Bu haqda Davlat rahbari Belgradda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbat chog‘ida so‘z ochdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 7 avgust kuni Serbiyaga tashrif buyurgandi. U Belgradda mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar va mintaqadagi vaziyatni muhokama qilgan.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina hamkor davlatlarning hududiy yaxlitligi va xalqaro huquqni hurmat qiladi. Shu sababli Ukrainaning Kosovoning bir tomonlama mustaqilligini e’lon qilishi borasidagi pozitsiyasi o‘zgarmaganini bildirib, Ukraina Kosovo mustaqilligini tan olmasligi qayd etgan.

U Ukraina bu pozitsiyani doimo ta’kidlab kelganini va mamlakat siyosatida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini qayd etgan. Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina hamkorlariga uning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qilayotgani, jumladan, Qrimni Ukrainaning bir qismi sifatida tan olayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.

U Serbiyaning ham bu masaladagi pozitsiyasi o‘zgarmaganini, jumladan, BMT Bosh Assambleyasidagi pozitsiyasi ham avvalgidek qolayotganini eslatgan.

Ma’lumot uchun, Kosovo 2008 yilda Serbiyadan bir tomonlama mustaqilligini e’lon qilgan. Ayni paytda u dunyoning aksar davlatlari tomonidan tan olinmagan qisman tan olingan respublika hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing