Bayramov Zelenskiy bilan uchrashdi. Ular nimalarni gaplashdi? (video)
Olam
−
13:22 2287 2 daqiqa
Kecha, 6 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashdi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Zelenskiyning qayd etishicha, Bayramov urush boshlanganidan buyon ilk bor Kiyevga tashrif buyurgan. Tomonlar mudofaa, energetika, neft, tabiiy gaz va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilgan. Uchrashuvda oliy darajadagi aloqalar, mudofaa sohasidagi hamkorlik, energetika, neft, tabiiy gaz va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
“Biz oliy darajadagi diplomatik aloqalar, mudofaa sohasidagi hamkorlik, shuningdek, energetika, neft, tabiiy gaz va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildik”, deb yozgan Zelenskiy.
Bayramov Kiyev yaqinidagi Irpin shahrida Ozarbayjon ko‘magida qurilgan maktab, shifoxona va reabilitatsiya markaziga ham tashrif buyurgan.
“Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani, energetika sohasidagi yordami, gumanitar ko‘magi va konstruktiv muloqoti uchun Ozarbayjonga minnatdorlik bildiramiz”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.
Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham Jayhun Bayramovning Ukrainaga rasmiy tashrifi davomida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan qabul qilinganini ma’lum qilgan.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi strategik sheriklikning joriy holati va kelgusi istiqbollari muhokama qilingan. Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, kelasi yili Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlangan.
Vazir Bayramov Ozarbayjonning Ukrainani uning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘zgarmas pozitsiyasini tasdiqlagan.
Prezident Zelenskiy esa Ukraina uchun ko‘rsatilayotgan gumanitar yordam uchun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va mamlakat hukumatiga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jayhun Bayramov rasmiy tashrif bilan Kiyevga borgani va Andrey Sibiga bilan birgalikda Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari xotira maydoniga gul qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi