Zelenskiy Qrimga qarshi hujum boshlanayotganini e’lon qildi
Olam
−
29 aprel 2023 20291 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrimga qarshi hujum boshlayotganini e’lon qildi. Bu haqda u YLE nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari, uning fikricha, mamlakat Qurolli Kuchlari (APU) Rossiya qo‘shinlarini ortga qaytarib, yarimorolni Kiyev nazorati ostiga qaytarishga qodirligini aytdi.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina muvaffaqiyati ko‘p jihatdan G‘arbning qurol yetkazib berishda davom etishiga bog‘liq. Muvaffaqiyatga umid qilishiga qaramay, u mojaro yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkinligidan ham ogohlantirdi.
Ukraina rahbari qarshi hujumning tafsilotlari yoki jadvalini oshkor qilmagan bo‘lsada, u bahor oxiri yoki yoz boshiga rejalashtirilgani taxmin qilinmoqda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28