Zelenskiy Isroil vaziri bilan harbiy hamkorlik borasida gaplashib oldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 23 iyul kuni Isroil Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Zelenskiy Kiyevda Saarni qabul qilgan va ikki tomonlama uchrashuvda Ukraina va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilingan.

“Biz birinchi navbatda iqtisodiy va mudofaa sohalaridagi hamkorlik, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish va birgalikda qurol ishlab chiqarish imkoniyatlari haqida gaplashdik”, deydi Prezident.

Ukraina yetakchisi o‘z mamlakati davom etayotgan minalardan tozalash ishlarida Isroilning yordamiga muhtoj ekanini ta’kidladi. 

“Biz Isroilning janubiy viloyatlarimizda suv ta’minoti tizimlari sohasida yordam ko‘rsatish qarori uchun minnatdormiz”, deb yozgan Zelenskiy.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Isroil Gideon Saar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing