Zelenskiy idorasi Rossiyaga qarshi dron hujumlari kuchayishini e’lon qildi
Olam
−
02 Sentabr 2023
8508Ukraina Qurolli Kuchlarining dronlari tomonidan Rossiya hududiga hujumlar soni ortadi. Bu haqda kecha, 1 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak “Reuters” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Podolyak ayni damda Moskva bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish imkoniyatini rad etib, bu boradagi har qanday aloqalar Kiyev tomonidan “taslim bo‘lish”ni anglatishini aytgan.
“Rossiya Federatsiyasi hududidan uchirilgan dronlar hujumi soni ortib bormoqda va bu hujumlar soni yanada ko‘payadi. Harbiy harakatlar bosqichma-bosqich Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tadi”, degan Podolyak.
Qayd etish joizki, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning 27 avgust kuni Ukraina armiyasi jangovar harakatlarni Rossiya Federatsiyasi hududiga o‘tkaza olmasligini, chunki bu o‘z mamlakatiga xalqaro izolyatsiya bilan tahdid qilishini aytgan. Biroq Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Prezidentning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro “boshqa hududga” ya’ni Rossiya va uning ta’siridagi boshqa hududlarga ko‘chirilishi kerak.
LiveBarchasi