Zelenskiy Guterrish va Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishishdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Zelenskiy o‘zining Facebook’dagi sahifasida kecha, 22 iyul kuni Istanbulda imzolangan “Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz tashish bo‘yicha tashabbuslar” nomli hujjat bilan bog‘liq videomurojaatni joylashtirgan.

“Bugun davlatimiz va butun sivilizatsiyalashgan dunyo muhim kelishuvga erishdi. Ukraina portlarini blokdan chiqarish va Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini tiklash imkonini beruvchi kelishuv bor”, degan Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xususan, o‘tgan yilgi g‘allaning qariyb 20 million tonnasi eksportga yo‘naltiriladi, “yangi hosil – hozirda yig‘ib olinayotgan hosilni ham sotish mumkin”.

“Nihoyat, Rossiya qo‘zg‘atgan oziq-ovqat inqirozining og‘irligini kamaytirish imkoniyati mavjud. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, xususan, bizga yordam beradigan mamlakatlarda siyosiy betartiblikka olib kelishi mumkin bo‘lgan global falokat – ocharchilikning oldini olish imkoniyati mavjud. Bu Ukraina bu urushga dosh berishga qodir ekanidan yana bir dalolatdir”, dedi Ukraina rahbari.

Prezident Ukrainaning dengiz orqali eksportini qayta yo‘lga qo‘yish uchun ko‘plab rahbarlar bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilganiga e’tibor qaratgan.

“Shu nuqtai nazardan, ayniqsa, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘andan sa’y-harakatlari uchun minnatdorman”, degan Ukraina rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

98

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing