Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etadi

Olam

image

Joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Indoneziyada G20 ning (yirik iqtisodiyotli 20 ta davlat) navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy katta ehtimol bilan G20 sammitida onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda bugun, 8 noyabr kuni davlat rahbarining matbuot kotibi Sergey Nikiforov ma’lum qildi.

Uning e’trof etishicha, Zelenskiy sammitda qaysidir formatda ishtirok etadi. Ehtimol, bu onlayn format bo‘lishi mumkin. Prezident matbuot kotibi vaziyatga bundan ortiq aniqlik kirita olmasligini aytagan.

Avvalroq, Ukraina yetakchisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Indoneziyaga boradigan bo‘lsa, u sammitga kelmasligini aytgan edi. Hozircha Kreml rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da, Putinning Indoneziyaga kelishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing