Zelenskiy fon der Lyayen bilan uchrashdi (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z qarorgohida Kiyevga kelgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Endi 9 may Yevropa Ittifoqida ham, Ukrainada ham “Yevropa kuni” bo‘ladi. Bugun biz Kiyevda uchrashyapmiz, chunki Kiyev Yevropa kunini nishonlash uchun eng zo‘r joy”, deya izoh qoldirgan Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari bilan uchrashuvi tasvirlangan video ostida.

Ursula fon der Lyayen esa Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevropa Rossiyaga nisbatan cheklovchi choralarni chetlab o‘tish amaliyotini yengib o‘tishga qaratilgan yanada ko‘proq sanksiyalar qo‘yishiga va’da bergan. Uning aytishicha, Yevropa Komissiyasi Putinning “urush mashinasi” va uni moliyalashtirishni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishda davom etmoqda.

“Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishda davom etish niyatida”, degan u yangi cheklovlar mavjud cheklovlarni chetlab o‘tishga to‘sqinlik qilishga qaratilganligini yana bir bor ta’kidlab.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar to‘plamining 11-paketiga eksporti taqiqlangan mahsulotlarning yangi nomlari qo‘shilgan va sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish uchun yangi vosita taklif qilingan. 

“Biz Rossiya va uchinchi davlatlarning sanksiyalarimizni chetlab o‘tuvchi “soya” tuzilmalarini taqiqlashni taklif qilamiz”, degan Ursula fon der Lyayen.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Ursula fon der Lyayen Zelenskiy Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing