Zelenskiy Eronga qarshi 50 yillik sanksiya qo‘llamoqchi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarorini ma’qullash to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Kiyev Eronga qarshi 50 yil muddatga sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Ukraina parlamenti veb-saytidaxabar berildi.

Aytilishicha, Zelenskiy kecha, 27 may kuni loyihani taqdim etgan, u allaqachon tegishli qo‘mita va deputatlarga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi 27 may kuni Eronga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida qaror qabul qilgan, ayni paytda Zelenskiy buni o‘z farmoni bilan tasdiqlagan. Cheklov choralari Ukraina qonunlari bilan tartibga solinadigan jihatlarga ta’sir qilgani sababli, qaror parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lmoqda.

Hujjatning ilovasiga ko‘ra, Eronga qarshi sanksiyalar 50 yil muddatga joriy etiladi. Ular Eron bilan savdo operatsiyalarini to‘liq taqiqlashni, Eron fuqarolarining Ukraina hududi orqali resurslar tranzitini, parvozlarini va tashishlarini to‘xtatishni, Kiyevning Eron fuqarolariga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, Ukrainada Eron fuqarolarining elektron to‘lovlariga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni  Zelenskiy Rossiya va Belarusning transport, aloqa va sanoat tarmoqlari bilan bog‘liq jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, Qirg‘izistondagi “Key suppro” aksiyadorlik jamiyatiga 10 yil muddatga sanksiyalar qo‘llashini e’lon qilgandi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanani esa  Zelenskiyni G‘arb davlatlaridan qo‘shimcha harbiy va moliyaviy yordam jalb qilish uchun Eronga qarshi tashviqot olib borganlikda ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron sanktsiya Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing