Zelenskiy Erdo‘g‘anning yordamidan umidvorlik ohangida tabrik yo‘lladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy turkiyalik mavqedoshi Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Turkiya milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan tabrikladi. 

Ukraina rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasiga ukrain va turk tillarida tegishli tabrikni joylashtirdi.  

“Turkiya va uning Prezidentini Turkiya Respublikasining 99 yilligi bilan tabriklayman. Do‘st turk xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilayman. Ishonamanki, bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz Qora dengiz mintaqasiga tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni qaytaradi”, deyiladi tabrikda.  

Respublika kuni Turkiyada milliy bayramdir. 1923 yildan buyon har yili 29 oktyabrda Turkiya Respublikasining e’lon qilinishi sharafiga nishonlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing