Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan uchrashish uchun Istanbulga kelyapti

Olam

image

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vilnyusdagi NATO sammiti oldidan Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashish uchun Turkiyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sabah” gazetasi xabar berdi.  

Nashrning yozishicha, ularning uchrashuvi Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Biroq uchrashuv sanasi ma’lum emas. Uchrashuv taklifi bilan Zelenskiyga Erdo‘g‘an chiqqan. 

“Habertürk” nashrining yozishicha, Zelenskiyning tashrifi ertaga, 7 iyulga rejalashtirilgan. 

Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri 17 iyulda tugaydigan don bitimi atrofidagi vaziyat bo‘lishi kutilmoqda. 

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan yetakchilar o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar va delegatsiyalar doirasidagi aloqalar o‘rin olgan. Asosiy mavzular Rossiya-Ukraina mojarosi zonasidagi vaziyat, Kiyev va Anqara o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, don bo‘yicha kelishuv bo‘ladi. 

Don yo‘lagi bo‘yicha kelishuvlar muddati 17 iyulda tugaydi. Rossiya tomoni kelishuvning Rossiyaga tegishli qismi bajarilmaganligi sababli kelishuvlarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun asoslar yo‘qligini ma’lum qiladi.

Vilnyusda NATO sammiti 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing