Zelenskiy Donbassdagi mojaro qurbonlari sonini aytdi

Olam

image

Ukrainaning sharqiy qismidagi Donbass viloyatida 15 mingga yaqin odam mojaro qurboniga aylangan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidagi chiqishi paytida aytib o‘tdi.  

“2019 yilda men bu minbardan Ukrainadagi urush bu — 13 mingdan ko‘p qurbon, 30 ming yarador degandim. Tasavvur qiling: bir yarim million odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur. Afsuski, ushbu sonlar o‘sib bormoqda. Men bu haqda 2020 yilda ham gapirdim. Hozir, 2021 yilda ham gapiryapman. Allaqachon 15 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Yana ham ko‘proq yaradorlar. Yana ham ko‘proq uysizlar. Mana sizga ozodlikning bahosi, mana sizga mustaqillikning bahosi”, degan Zelenskiy. 

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina sharqidagi Donbass mintaqasi mamlakatning Donetsk va Lugansk hamda Rossiyaning Rostov viloyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu hududda 2014 yildan beri harbiy harakatlar davom etmoqda. 

Nizo bir tomondan Ukraina Qurolli kuchlari, ikkinchi tomondan ikki alohida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari o‘rtasida bormoqda. Ushbu ikki hudud Ukrainadagi 2014 yilgi siyosiy inqiroz vaqtida vujudga kelgan.

Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining ikkisi ham na Ukraina va na jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biroq, ularni Rossiya qo‘llab-quvvatlab kelayotgani ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Donbass Zelenskiy

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing