Zelenskiy Bosh vazirni ishdan bo‘shatish niyatida – OAV 

Olam

image


Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Denis Shmigalni mamlakat Bosh vaziri lavozimidan bo‘shatishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kecha, 3 iyul kuni Zelenskiyga yaqin manbalarga tayanib, “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

“Prezident Shmigaldan charchagan, buni uning uchrashuvlardagi munosabatidan ham bilish mumkin. Zelenskiy endi uni haqiqatan ham tinglamaydi. Bu noto‘g‘ri hisoblashdan ko‘ra ko‘proq hissiy narsa”, deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy doimiy ravishda Bosh vazirdan “bir necha kreativ yechim va takliflar”ni kutmoqda, ammo Shmigal “so‘nggi yillarda o‘sib ulg‘aygan bo‘lsa-da, u butunlay o‘zgara olmaydi”.

“Ukrainskaya pravda”ning Zelenskiy atrofidagi yana bir manbasi Shmigalning ishdan bo‘shatilishi so‘nggi ikki oy ichida ikkinchi bor muhokama qilinayotganini aytdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko, shuningdek, Ukraina hududi va jamiyatlarini rivojlantirish vazirligining sobiq rahbari, “Naftogaz” boshqaruvi raisi Aleksey Chernishovlar Shmigal o‘rniga Bosh vazir lavozimiga nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing